IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshligʻi Sirdaryo viloyati hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha tungi yoʻriqnoma oʻtkazdi
2025-02-22 09:00:00 / Yangiliklar

Sirdaryo viloyati hududida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini va harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida tungi xizmatga jalb etilgan sohaviy xizmat xodimlariga IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshligʻi polkovnik Sherzod Ibragimov tomonidan yoʻriqnoma oʻtkazildi.
Avtomobil yoʻllarida yoʻl-transport hodisalarining oldini olish hamda harakat xavfsizligini taʼminlash borasida xizmatni hushyor va sergak holda, qonunchilik talablari asosida, fuqarolar bilan xushmuomalalikda olib borish lozimligi alohida taʼkidlandi.
Shuningdek, Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshligʻi Guliston shahrida tirbandliklarni bartaraf etish, harakat ishtirokchilari uchun qulayliklarni yaratish, yoʻllarda harakatni toʻgʻri tashkil etish maqsadida koʻrilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishib, masʼullarga tegishli koʻrsatmalarni berdi.
IIV JXD Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati Axborot xizmati