Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Ikromjon Tursunov huzurida ish samaradorligini oshirishga doir navbatdagi tezkor yigʻilish oʻtkazildi
2025-02-21 10:45:00 / Yangiliklar

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Ikromjon Tursunov huzurida videokonferensaloqa orqali tezkor yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda boshqarma boshligʻining barcha oʻrinbosarlari, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari va hududiy ichki ishlar organlari boshliqlari ishtirok etdi.
Yigʻilishda jinoyatchilik holati, jinoyatlarni aniqlash, qidiruvdagi shaxslarni ushlash, jinoyatlarning kelib chiqishiga omil boʻlgan shart-sharoitlar tahlil qilindi. Shuningdek, 102 avtomatlashtirilgan tizim orqali jinoyat va huquqbuzarliklar boʻyicha murojaatlar vaqtida koʻrib chiqilishi, 54 toifa shaxslar, shu jumladan, muqaddam sudlanganlar va chet elga chiqib ketgan fuqarolar bilan ishlash mavzulariga alohida eʼtibor qaratildi.
Prezidentimizning 2025-yilda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning oldini olishga oid qarorlari ham muhokama qilindi. Kriminogen vaziyat ogʻir boʻlgan mahallalarda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, “Yashil makon“ loyihasi doirasidagi topshiriqlar ham koʻrib chiqildi.
Har bir yoʻnalish boʻyicha hisobotlar tinglanib, amalga oshirilgan ishlar va ularning natijalari muhokama qilindi. Yakunda, sohaviy xizmatlar va hududiy ichki ishlar organlari rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi va ularning ijrosi alohida nazoratga olindi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati