Vazir oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi 7551-sonli harbiy qism va 5-mintaqaviy hudud 12-son Jazoni ijro etish koloniyasiga tashrif buyurdi
2025-02-20 09:00:00 / Yangiliklar

Tashrif davomida, vazir oʻrinbosari general-mayor Mirzaraximov Boxodir Yoʻldoshevich harbiy qism shaxsiy tarkibining jangovar xizmat oldi tarqatuviga ishtirok etib, Yurtboshimiz rahbariligida Ichki ishlar idoralari tizimida olib borilayotgan ijobiy oʻzgarishlar, jinoyatchilik, huquqbuzarlikka qarshi kurash tizimida olib borilayotgan ishlar haqida toʻxtalib oʻtib, qism shaxsiy tarkibi yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlardan kelib chiqib jangovar xizmat va sutkalik naryadlar xizmatini sergaklik, hushyorlik bilan olib borishini, muddatli harbiy xizmatchilarga harbiy xizmatni muvaffaqiyatli yakunlab ota-onasini bagʻriga eson omon qaytishini, har bir harbiy xizmatchi harbiy Intizomga qatʼiy rioya etishini harbiy xizmatchilarga masʼuliyatni yanada kuchaytirgan holda xizmatlarni olib borishni taʼkidlab, xizmat faoliyatida ijobiy koʻrsatkichlar bilan xizmatdoshlari oʻrtasida yuqori natijalarga erishilgan bir guruh harbiy xizmatchilar munosib taqdirlandi.
Tarqatuvdan soʻng, harbiy qismda harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar holati bilan tanishib, jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish xonasini zamonaviy manzarali (tarixiy obidalar, harbiy qism hayotidan lavhalar) bilan jihozlash, harbiy qismga tashrif buyuruvchilarni qabul qilish xonasini kengaytirish yuzasidan oʻz tavsiyalarni berib oʻtdi.
Shuningdek tashrif davomida vazir oʻrinbosari Jazoni ijro etish departamenti qarashli 12-sonli JIEKdagi mavjud sexlarning ish faoliyati, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati, mahkumlar uchun yaratib berilgan sharoitlar koʻzdan kechirilib, JIEKni qoʻriqlash va mudofaa qilish boʻyicha jangovar xizmat vazifasini bajarayotgan qorovul shaxsiy tarkibi tarkibiga jangovar xizmat vazifalarini hushyorlik va sergaklik bilan olib borishlari yuzasidan yuzasidan yoʻriqnomalar berib oʻtdi.
Ichki ishlar vaziri oʻrinbosarining Navoiy viloyatidagi oʻrganishlari davomi etmoqda.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati