Vazir oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov tomonidan Navoiy viloyati transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlariga bir qator ustuvor vazifalar belgilandi
2025-02-19 10:05:00 / Yangiliklar

Vazir oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov tomonidan transport obyektlarida baxtsiz hodisalar va jinoyat, huquqbuzarliklaring barvaqt oldini olish borasida Navoiy viloyati transportida xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasida xizmat olib borayotgan xodimlarining xizmat faoliyati atroflicha koʻzdan kechirildi.
Xususan temir yoʻl va aeroport xizmat hududiga qarashli boʻlgan temir yoʻl kesishmalari, patrullik yoʻnalishlari hamda postlari, koʻzdan kechirilib, shu bilan bir qatorda yoʻlovchilar hamda fuqarolar harakat xavfsizligini taʼminlash borasida masʼul xodimlarga bir qator koʻrsatmalar berildi.
Shuningdek, aeroport va temir yoʻl bekatlari hududlarida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash hamda xodimlar oʻrtasida ijro intizomi, qonunchilik talablariga qatʼiy rioya qilishlari, xodimlarning xizmat faoliyati ustidan kunlik nazoratni kuchaytirish, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati