Andijon viloyati hududida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining farmoyishi ijrosi yuzasidan “Tozalash” kompleks tezkor-profilaktik tadbirlari olib borilmoqda
2025-02-18 00:15:00 / Yangiliklar

Dastlab, Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari rahbarligidagi ishchi guruh va viloyat Ichki ishlar boshqarmasi sohaviy xizmatlari hamda shahar-tuman IIB rahbarlari ishtirokida videoselektor shaklida yigʻilish oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaror mohiyati yana bir bor tushuntirilib, uning ijrosini taʼminlash yuzasidan ishlab chiqilgan Ichki ishlar vaziri farmoyishining maqsad va vazifalari ishtirokchilarga yetkazildi.
Bu borada ayniqsa “qizil” toifaga kiritilgan, kriminogen vaziyati ogʻir boʻlgan mahallalarda huquqbuzarliklarni oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishda hamkorlikni taʼminlash boʻyicha masʼullarga topshiriqlar berilib, eʼtibor qaratilish zarur boʻlgan yoʻnalishlar belgilab olindi.
Andijon shahri hududida tungi xizmatga jalb etilgan, jamoat xavfsizligini taʼminlash yoʻnalishida faoliyat olib boruvchi barcha huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ishtirokida xizmat oldi yoʻriqnomasi tashkil etildi. Har bir xodim xizmat olib borish jarayonida birinchi navbatda fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilishni ustuvor vazifa deb bilishi, xizmat intizomi va belgilangan tartib-qoidalarga qatʼiy amal qilishi shartligi tushuntirildi.
Shundan soʻng “Tozalash” kompleks tezkor-profilaktik tadbirlariga jalb etilgan xodimlar, huquqbuzarlarga nisbatan qatʼiy chora koʻrish, qoʻpol qoidabuzarliklarni aniqlash, harakat xavfsizligi va jamoat joylarida osoyishtalikni taʼminlash yoʻnalishida belgilangan vazifalarni bajarishga kirishdi.
IIV Tezkor qidiruv departamenti