Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev Navoiy viloyatidagi mahalla yettiligi vakillarining hamkorlikdagi ishlari bilan yaqindan tanishdi
2025-02-14 09:00:00 / Yangiliklar

Navoiy viloyati Tomdi tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son qarori ijrosi doirasida olib borilayotgan ishlar Respublika ishchi guruhi tomonidan oʻrganilmoqda.
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general- mayor Bekmurod Abdullayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi Akmal Ashuraliyevlar “Sharq” ovul fuqarolar yigʻinida boʻlib, mahalla yettiligi vakillarining hamkorlikdagi ishlari bilan yaqindan tanishib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-sonli qarori mazmun-mohiyatini yigʻilganlarga yetkazdi.
Yigʻilishda mahallada tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, huquqbuzarlikni sodir etishga sabab boʻlayotgan muammolarni aniqlash hamda bartaraf etish boʻyicha tegishli topshiriq va koʻrsatmalar berildi.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Axborot xizmati