Mahallalarda xavfsiz muhit yaratish masalasi muhokama qilindi
2025-02-12 12:00:00 / Yangiliklar

Bugun, Prezidentning 03.01.2025-yildagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son Qarori ijrosi boʻyicha tashkil etilgan Respublika idoralararo Muvofiqlashtirish shtabi rahbari — Bosh prokurorning birinchi oʻrinbosari B.Valiyev hamda Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev tomonidan respublika va hududiy shtab aʼzolari ishtirokida videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Yigʻilishda shtab rahbari oʻrinbosarlari IIV oʻrinbosari B.Abdullayev, Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari S.Mamayusupov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlar prokuraturalarida tashkil etilgan shtab va hududiy ishchi guruh aʼzolari qatnashdi.
Yigʻilish davomida barcha hudud masʼullarining Qaror ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlari boʻyicha birma bir hisobotlari eshitildi va shu bilan bir qatorda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi.
Yakunida shtab aʼzolariga “Yoʻl xaritalar”da belgilangan bandlarni toʻliq bajarilishi ustidan kunlik nazorat qilish boʻyicha topshiriq berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Bu boradagi tadbirlar davom ettirilmoqda.