Vazir oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov huzurida Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti hamda uning quyi tizimlariga bir qator ustuvor vazifalar belgilandi
2025-02-08 16:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 8-fevral kuni Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov huzurida Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamentida soha xizmatlarida amalga oshirilishi lozim boʻlgan bir qator ishlar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Unda Temir yoʻl bekati hududi boʻylab baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida Temir yoʻl yaqinida joylashgan xonadonlarda profilaktik suhbatlar oʻtkazilib, Temir yoʻllarida inson xavfsizligini taʼminlash, sodir etilayotgan va bolalar bilan bogʻliq boʻlgan koʻngilsiz hodisalarning oldini olish temir yoʻllarda harakatlanish qoidalari yuzasidan mavjud bilim va koʻnikmalarini yanada mustahkamlash borasida amaliy va koʻrgazmali targʻibot ishlari amalga oshirilishi kerakligini taʼkidlab oʻtdilar
Shundan soʻng har bir ichki ishlar organi xodimining oʻzi xizmat intizomi va qonunchilikka qatʼiy amal qilishi, xizmat vazifasiga vijdonan yondashishi, asosiysi vatanga, xalqiga sadoqatli boʻlishi lozimligini yana bir bor eslatib oʻtdilar.
Shuningdek, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti miqyosida Oʻtkazilgan “Fidoyi ayol xodima” “Eng yaxshi kitobxon xodima” koʻrik tanlovi hamda “Zakovat” intellektual oʻyinlari gʻoliblari va samarali mehnatlari, xizmatda bir qator erishilgan yutuqlarini munosib taqdirlash yuzasidan bir guruh xodimlarga maxsus unvonlar topshirildi.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi