Namangan viloyati IIB boshligʻi tomonidan hududlarda “qizil” toifadagi mahallalarda amalga oshirilgan ishlarni oʻrganish davom etmoqda
2025-02-08 08:30:00 / Yangiliklar

Polkovnik Shuxrat Aliyev rahbarligidagi viloyat IIBning masʼul xodimlari tomonidan oʻrganish ishlari va ularning muhokamasi Pop va Toʻraqoʻrgʻon tumanlarida davom etib, unda Pop tumanining 10 ta va Toʻraqoʻrgʻon tumanining 8 ta mahallasiga biriktirilgan rahbarlarning ish faoliyati birma-bir tahlil qilindi.
Yigʻilishda, mahallalarga biriktirilgan rahbarlarning joriy yilning yanvar oyida 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son Qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlari boʻyicha axborotlari tinglanib, mazkur mahallalarning “qizil” toifaga tushib qolish sabablari keng muhokama qilindi.
Shuningdek, mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish va jinoyatdan holi hududga aylantirish maqsadida har bir rahbar oʻziga biriktirilgan hududda manzilli ish tashkil etish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalla xodimlari va boshqa sohaga daxldor idoralarning oʻzaro hamkorligini kuchaytirish boʻyicha masʼul rahbar va xodimlar zimmasiga tegishli vazifalar yuklatildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati