Qashqadaryoda “Naqshbandiya festivali” oʻtkazish davrida ishtirokchilar xavfsizligi taʼminlandi
2025-02-07 13:25:00 / Yangiliklar

Oʻzbekistonning Malayziya va Indoneziyadagi elchixonalari bilan hamkorlikda ushbu davlatlarda ziyorat turizmi targʻib qilinganligi natijasida joriy yilning 31-yanvar — 7-fevral kunlari Respublikaning Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro viloyatlari hamda Toshkent shahridagi Naqshbandiya tariqatining Oltin Silsila pirlarini ziyoratgohlari boʻylab “Naqshbandiya festivali” ziyorat tadbirlarini oʻtkazilishi belgilangan.
Festival doirasida ziyorat tadbirlarini oʻtkazish maqsadida Malayziya, Indoneziya, Singapur, Hindiston, Britaniya, Avstraliya va Turkiya davlatlaridan 160 nafarga yaqin din peshvolari, diniy ulamolar, tariqatchilar kabi ziyoratchilar Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurishdi.
Mehmonlar Kitob tumanidagi “Shayx Muhammad Imkanagiy” va “Shayx Muhammad Darvesh Vaxshuvoriy” ziyoratgohlariga hamda Shahrisabz shahrining YUNESKO Umumjahon merosiga kiritilgan, “Dor ut-tilovat”, “Dor ut-siyodat”, “Oqsaroy” majmualari kabi qadimiy obidalar joylashgan tarixiy markaziga tashrif buyurishib, ziyorat amallarini ado etishdi.
Festival davomida viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi tomonidan hududiy IIBlar bilan hamkorlik tashrif buyurgan xorijiy va mahalliy sayyohlar xavfsizligi taʼminlanib borildi. Boshqarma xodimlarining saʼy-harakatlari natijasida xorijiy, mahalliy turistlar tomonidan hamda ularga nisbatan jinoyat yoki maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilmadi. Festival yakunida mehmonlar YHXG xodimlari kuzatuvida Samarqand viloyatiga kuzatib qoʻyildi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati