Toshkent mahallalarida xavfsiz muhit: Prezident qarori ijrosi oʻrganilmoqda
2025-02-07 11:40:00 / Yangiliklar
2025-yil 5-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti boshligʻi Baxtiyor Berdialiyev, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining oʻrinbosari Muzraf Ikramov va Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshligʻi Nuʼmon Muxammadiyevlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1 qarori ijrosi yuzasidan Toshkent shahri mahallalarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdi. Ular “qizil” toifaga kiruvchi Yakkasaroy tumanidagi “Toʻqimachi” hamda Olmazor tumanidagi “Jiydali” mahallalarida “yettilik” vakillari bilan tuman masʼullari ishtirokida uchrashuvlar oʻtkazishdi.
Prezident qarori ijrosi doirasida ishlab chiqilgan mahalla “yoʻl xaritalari”da belgilangan vazifalar ijrosi, Kriminologiya tadqiqot instituti masʼul xodimlari tomonidan mahallaning kriminogen vaziyatiga taʼsir qilayotgan asl omillarni oʻrganish ahvoli hamda mahalladagi “jinoyat oʻchogʻi” hisoblangan hududlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdi.
Uchrashuvlar davomida “mahalla yettiligi”ga Prezident qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati yana bir bor tushuntirilib, mahalla hududida jinoyatchilikni barvaqt oldini olish borasida zaruriy tavsiyalar berishdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti