Toshkent shahar Ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan ayol-xodimalar oʻrtasida “Eng yaxshi kitobxon xodima” koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi
2025-02-06 09:00:00 / Yangiliklar
![Toshkent shahar Ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan ayol-xodimalar oʻrtasida “Eng yaxshi kitobxon xodima” koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2Faaddf351-8280-1b32-2904-553802e859a6_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Unda Toshkent shahar Ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan 21 nafar ayol xodimalar qatnashishdi. Koʻrik tanlov 3 bosqichda oʻtkazildi.
1-bosqich – “Badiiy asarlar bilimdoni” nomi ostida boʻlib, unda xodimlar uchun oʻqish tavsiya etilgan 39 ta oʻzbek va jahon adabiyotiga oid kitoblarning mazmun-mohiyati, gʻoyasi va ahamiyatini sharhlash talabi qoʻyildi.
Ishtirokchilar badiiy asarni bilet tortish orqali tanlashdi. Tayyorgarlik koʻrish uchun 1, javob berish uchun 2 daqiqa vaqt ajratilib, natija 100 ballgacha baholandi.
2-bosqich – “Buyuk mutafakkir va adib” sharti. Unda hakamlar tomonidan tavsiya etilgan ulugʻ allomalar, oʻzbek va jahon adabiyoti namoyandalari haqida ishtirokchining bilimini tekshirish maqsadida, hakamlar tomonidan qoʻshimcha savollar berildi. Bu shartni bajarishda ham tayyorgarlik koʻrish uchun 1, javob berish uchun 2 daqiqa vaqt ajratilib, natija 100 ballgacha baholandi.
3-bosqichda – “Tezkor savol-javob” shartida hakamlar tomonidan oʻqish uchun tavsiya etilgan 39 ta oʻzbek va jahon adabiyotlaridan tuzilgan 3 ta savolga 3 ta javob berish soʻraldi shuningdek, qoʻshimcha savollar berildi.
Bilimdon xodimalar bu gal ham savollarni bilet tortish orqali tanladi, ammo bu safar tayyorgarlik koʻrish uchun vaqt ajratilmadi, biroq javob berish uchun 2 daqiqa berildi.
Mazkur shart uchun bitta toʻgʻri javob 25 ballgacha baholandi. Tanlov yakunida har bir ishtirokchi tomonidan toʻplangan yakuniy balllar boʻyicha gʻoliblar aniqlandi.
Tanlov yakuniga koʻra faxrli 1-oʻrinni Uchtepa tumani boʻyicha IIO FMB 3-son IIB HPB Xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori, katta leytenant Gulora Xudjayeva qoʻlga kiritdi. 2-oʻrin Olmazor tumani boʻyicha IIO FMB 4-son IIB HPB Xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektori, katta leytenant Onorxol Ismoilovaga, 3-oʻrin Mirzo Ulugʻbek tumani IIO FMB 1-son IIB HPB Xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori, leytenant Mohinur Soliyeva va Yangihayot tumani boʻyicha IIO FMB HPB Voyaga yetmaganlar va yoshlar profilaktikasini tashkil etish guruhi inspektori, leytenant Farangiz Toshpulatovalarga nasib etdi.
Koʻrik-tanlov gʻoliblari boʻlgan xodima ayollarimizga tantanali ravishda diplom va pul mukofotlari topshirildi.
Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati