Samarqand viloyat IIB boshligʻi polkovnik Rahmat Mamatov huzurida mahallalarda huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi
2025-02-06 08:00:00 / Yangiliklar
![Samarqand viloyat IIB boshligʻi polkovnik Rahmat Mamatov huzurida mahallalarda huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2Ff11265e4-6b56-445e-0431-b98a902a7dd5_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Yigʻilishda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-sonli Qaroriga muvofiq, viloyatning barcha mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish hamda huquqbuzarliklarni barvaqt olidini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar sarhisob qilindi.
Har bir mahallada xavfsizlikni taʼminlash borasida ishlab chiqilgan yoʻl xaritalarida belgilangan vazifalarni toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishi lozimligi Boshqarma boshligʻi tomonidan alohida taʼkinlandi.
Shuningdek, joriy yilning oʻtgan davri mobaynida viloyat hududida sodir etilgan jinoyatlar va ularning sabab va sharoitlari tanqidiy koʻrib chiqilib, xizmat faoliyatida kamchilikka yoʻl qoʻygan rahbar va xodimlarga tegishli choralar qoʻllanilishi toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtildi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati