Fargʻona viloyati IIBda 2024-yil yakunlariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi
2025-02-05 19:10:00 / Yangiliklar

Yigʻilishda Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash Departamenti rahbari, general-mayor Davron Nazarmuhamedov ishtirok etdi.
Videoselektor tarzida tashkil etilgan tadbirda 2024-yilda jinoyatchilikni jilovlash, huquqbuzarliklarning oldini olish borasida ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar 2025-yilda bajariladigan ustuvor vazifalar tahlil qilindi. Erishilgan yutuqlar, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar, ularning kelib chiqish sabablari muhokamaga qoʻyildi.
Shuningdek, xodimlar oʻrtasida kasb madaniyatiga rioya etish, xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, eng asosiy maqsad xalqimiz osoyishtaligi hamda huquq va manfaatlarini taʼminlash ekanligi taʼkidlandi
2025-yilda amalga oshirilishi zarur boʻlgan eng ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati