Surxondaryo viloyati IIB boshligʻi polkovnik Timur Ismailovning navbatdagi “Ommaviy sayyor qabuli” boʻlib oʻtdi
2025-02-02 09:00:00 / Yangiliklar
Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi binosida, Surxondaryo viloyati IIB boshligʻi tomonidan oʻtkazilgan qabulda, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosarlari, tegishli sohaviy xizmat rahbarlari ishtirok etishdi.
“Ommaviy sayyor qabuli” jarayonida fuqarolar tergov — surishtiruv, ishga qabul qilish, yoʻl harakati xavfsizligi, oila turmush doirasidagi nizolarga barham berish, pul oldi berdi masalasi va boshqa turli ichki ishlar sohasiga oid masalalar yuzasidan murojaatlar qilishdi.
Murojaatlarning asosiy qismi shu yerning oʻzida ijobiy hal etilgan boʻlsa, baʼzi murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Ijrosini oʻrganish uchun qoʻshimcha muddat talab qiladigan murojaatlar esa tegishli sohaviy xizmat masʼullariga yoʻnaltirilib, boshqarma boshligʻi tomonidan alohida nazoratga olindi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati