Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov Qashqadaryo viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasida boʻldi
2025-01-31 08:00:00 / Yangiliklar
Vazir oʻrinbosari viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasida boʻlib, shaxsiy tarkib bilan yoʻriqnoma oʻtkazdi.
Boshqarmada xodimlar xizmat olib borishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Soʻngra, Shahrisabz shahrining YUNESKO Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan Amir Temur nomidagi tarixiy markaziga tashrif buyurdi. U yerdagi qadimiy obidalar, ularning saqlanish holati, turistlarga yaratilgan qulayliklarni koʻzdan kechirdi.
Xodimlarga tarixiy markazda xizmat olib borish, xorijiy va mahalliy sayyohlarning xavfsizligini taʼminlash borasida tavsiyalar berdi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati