Toshkent viloyatida qishki turizm: xavfsizlik va xotirjamlik taʼminlanmoqda
2025-01-30 17:30:00 / Yangiliklar
Qishki mavsumda Toshkent viloyati Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari sayyohlar koʻp toʻplanadigan joylarda – togʻli kurortlar, kanat yoʻllar va dam olish maskanlarida xizmat olib boradilar. Ularning asosiy vazifasi – xavfsizlikni taʼminlash, jamoat tartibini saqlash va mehmonlarga yordam koʻrsatishdir.
Xodimlar har qanday vaziyatlarga tezkor javob berib, sayyohlarni zarur axborot bilan taʼminlaydi hamda huquqbuzarliklarning oldini oladi. Qishki mavsumning murakkab ob-havo sharoitlarida samarali ishlash uchun yuqori tayyorgarlik va harakatchanlik talab etiladi, bu esa xodimlarga oʻz vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish imkonini beradi.
Toshkent viloyatida xavfsiz turizmni taʼminlash boʻyicha doimiy choralar koʻrilmoqda. Xodimlar sayyohlarga nafaqat tartib-intizomni taʼminlash, balki har qanday savolga javob berish va tezkor yordam koʻrsatishga ham tayyor.
Chinorkent hududida olingan qiziqarli fotolavhalar bu yerdagi osoyishta muhit va yaratilgan qulay sharoitlarning yorqin namunasidir. Turistlar uchun xavfsizlik, qulaylik va mehmondoʻstlik – bu maskanning asosiy afzalliklaridandir.
Toshkent viloyatiga tashrif buyuring va xavfsiz hamda xotirjam sayohatdan bahramand boʻling!
Toshkent viloyati IIBB Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi