IIV Malaka oshirish instituti Simulyatsiyalashgan oʻquv markazini kapital taʼmirlash ishlari koʻzdan kechirildi
2025-01-30 11:25:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 28-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutiga Koreya xalqaro hamkorlik boʻyicha agentligi (KOICA)ning qurilish boʻyicha menejeri Kang Mun Hyong rahbarligidagi ekspert guruhi Institutda Simulyatsiyalashgan oʻquv markazini tashkil etish loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida tashrif buyurdi.
Mazkur markaz kelgusida ichki ishlar organlari xodimlarini zamonaviy oʻqitish uslublari asosida tayyorlash jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga xizmat qiladi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati