Vazir oʻrinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev Samarqand viloyatida jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha topshiriqlar berdi
2025-01-30 10:05:00 / Yangiliklar
Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev Samarqand viloyati prokuraturasida Samarqand viloyatining 16 ta shahar-tumanlarining barcha sektor rahbarlari va huquqbuzarliklar profilaktikasiga masʼul boʻlgan barcha subyekt idora va tashkilot rahbarlari bilan videoselektor yigʻilishi oʻtkazdi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son Qarori mazmun mohiyati bilan tanishtirib, mazkur qaror ijrosini taʼminlash birinchi navbatdagi ustuvor vazifa ekanligi boʻyicha sektor rahbarlari, idora va tashkilot rahbarlarining masʼuliyatini oshirish borasida topshiriqlar berdi.
Shuningdek, Vazir oʻrinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev Samarqand viloyatiga tashrifi doirasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha “mahalla yettilik” tomonidan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Jumladan, Payariq tumanida “qizil” toifaga kiritilgan “Goʻzal” MFYni qizil toifadan chiqarish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishdi hamda barcha sektor va tegishli korxona-tashkilot rahbarlari bilan uchrashib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-son qaror ijrosini toʻlaqonli taʼminlashga qaratilgan zarur chora-tadbirlar ishlab chiqish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Ishtixon tumani “qizil” toifadagi“Ishtixon” mahallasida barcha sektor va tegishli korxona-tashkilot rahbarlari bilan uchrashib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-son qaror ijrosini toʻlaqonli taʼminlashga qaratilgan zarur chora-tadbirlar ishlab chiqish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Shuningdek, Ishtixon tumani “Qoraqoʻyli” mahallasida joylashgan “Sport maktabi” faoliyati bilan tanishdi.
Qoʻshrabot tumani “qizil” toifadagi“Shovona” mahallasida barcha sektor va tegishli korxona-tashkilot rahbarlari hamda “mahalla yettilik”gi bilan uchrashib, mahallani qizil toifadan chiqarish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishdi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-son qaror ijrosini toʻlaqonli taʼminlashga qaratilgan zarur chora-tadbirlar bilan tanishdi.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Axborot xizmati