Yoshlar siyosati. “Munosib davomchi boʻlaman!”
2025-01-29 23:00:00 / Yangiliklar
Bugun ichki ishlar organlarida namunali xizmat qilayotgan faol va tashabbuskor yosh xodimlar koʻpchilikni tashkil etadi. Andijon viloyati IIB JXX HPB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi psixologik taʼminlash guruhi psixologi, katta leytenant Karimjon Abdurahmonovni ham shular safiga kiritish mumkin.
U 2021-yildan buyon ichki ishlar organlari safida. “Yoshlar fidoyisi” koʻkrak nishoni sohibi.
Karimjon muntazam ravishda voyaga yetmaganlar bilan individual suhbatlar va psixologik konsultatsiya ishlarini oʻtkazib keladi.
Oʻtgan yili markazga qarovsiz va nazoratsiz qolgan 714 nafar voyaga yetmagan oʻgʻil-qiz joylashtirildi. Ularning ijtimoiy ahvoli oʻrganilganida 654 nafarining ota-onasi borligi, 50 nafarining otasi yoki onasi hamda 3 nafarining hech kimi yoʻqligi maʼlum boʻldi.
Voyaga yetmaganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida hamkor tashkilotlar bilan manzilli ishlar tashkil etilmoqda, — deydi lavhamiz qahramoni.
Haqiqatan ham, markaz xodimlari tomonidan voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish borasida aniq manzilli ishlar olib borilyapti.
Jumladan oʻtgan yili 10 nafar voyaga yetmagan ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga joylashtirilishi taʼminlandi.
Karimjon otasi doim u bilan faxrlanishini istaydi. Negaki, u kasb tanlashda aynan padari buzrukvoriga izdosh boʻlgan. Uning otasi Mahmudjon Abdurahmonov uzoq yillar viloyat IIB huzuridagi Qoʻriqlash boshqarmasida xizmat qilib, hozirda qarilik gashtini surmoqda.
U kishiga munosib davomchi boʻlishga intilaman va ota kasbimdan gʻururlanaman. Shu bois oʻz ustimda ishlashdan toʻxtamaslik orqali koʻproq yutuqlarga erishish uchun harakatdaman, — deya qoʻshimcha qiladi u.
Yosh xodim doimiy izlanishda, kitobga oshno tutingan. Ishonamizki, u izlanish va intilishdan aslo toʻxtab qolmaydi va xizmatda katta yutuqlarga erishadi, albatta.
©️ “Postda” gazetasi, Abror Poyonov.