Namangan viloyati IIB boshligʻi polkovnik Shuxrat Aliyev huquq-tartibot maskanlari faoliyatini tahlil qildi
2025-01-29 08:55:00 / Yangiliklar
Namangan viloyati IIB boshligʻi polkovnik Shuxrat Aliyev huzurida oʻtkazilgan tezkor yigʻilishda boshqarma sohaviy xizmat rahbarlari, Namangan shahar, Yangi Namangan va Davlatobod tumanlari IIB boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari hamda huquq-tartibot maskanlari rahbarlari ishtirok etishib, ushbu maskanlarda xizmat olib borayotgan xodimlarning faoliyati tanqidiy muhokama qilindi.
Yigʻilishda, 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son Qarori ijrosi yuzasidan mazkur shahar-tumanlarida faoliyati olib borayotgan 15 ta huquq-tartibot maskanlarining faoliyati samaradorligini oshirish orqali jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligini taʼminlash, yoʻl-transport hodisalari va qoidabuzarliklarni oldini olish yuzasidan masʼul rahbarlar zimmasiga aniq vazifalar yuklatildi.
Shuningdek, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda kamchiliklarga yoʻl qoʻygan masʼul rahbar va xodimlar qatʼiy ogohlantirildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati