Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev Samarqand viloyatiga tashrifi doirasida “mahalla yettiligi” tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi
2025-01-29 08:30:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 28-yanvar kuni Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev Samarqand viloyatiga tashrifi doirasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha “mahalla yettilik” tomonidan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida, Paxtachi tumani IIB binosida “Tezkor boshqaruv markazi” faoliyati bilan tanishdi, shuningdek, tumaning qizil toifaga kiritilgan “Istiqlol” MFYni qizil toifadan chiqarish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishdi hamda barcha sektor va tegishli korxona-tashkilot rahbarlari bilan uchrashib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-son qaror ijrosini toʻlaqonli taʼminlashga qaratilgan zarur chora-tadbirlar ishlab chiqish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, tumanidagi qizil toifadagi “Toshkoʻprik” mahallasida boʻlib, mahalla yettiligi bilan yaqindan tanishib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-son qaror boʻyicha “mahalla yettilik” rahbarlariga “Yoʻl xarita” ishlab chiqish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Tashrif davomida, Narpay tumanida “qizil” toifadagi “Sarbozor” mahallasida barcha sektor va tegishli korxona-tashkilot rahbarlari bilan uchrashib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-son qaror ijrosini toʻlaqonli taʼminlashga qaratilgan zarur chora-tadbirlar ishlab chiqish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Shuningdek, ushbu mahallada “ELESTRO LOGIS” ishlab chiqaruvchi MCHJ faoliyati bilan tanishib, ishchi kuchini oshirish boʻyicha korxona rahbariga topshiriq berdi.
Kattaqoʻrgʻon shahar IIB binosida barcha sektor va tegishli korxona-tashkilot rahbarlari bilan uchrashib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-son qaror ijrosini toʻlaqonli taʼminlashga qaratilgan zarur chora-tadbirlar ishlab chiqish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Kattaqoʻrgʻon shaharda “qizil” toifadagi “Zarafshon” mahallasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va “mahalla yettiligi” faoliyati bilan tanishdi.
Kattaqoʻrgʻon tumanida “qizil” toifaga kiritilgan “Meylixoʻja” mahallasida barcha sektor va tegishli korxona-tashkilot rahbarlari bilan uchrashib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-son qaror ijrosini toʻlaqonli taʼminlashga qaratilgan zarur chora-tadbirlar ishlab chiqish boʻyicha topshiriqlar berildi, shuningdek, “mahalla yettilik” rahbarlariga “Yoʻl xarita” ishlab chiqish boʻyicha topshiriqlar berildi.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Axborot xizmati