Denov tumanida viloyat IIB boshligʻi polkovnik Timur Ismailov hamda viloyat prokurori adliya katta maslahatchisi Baxtiyor Babadjanovlar tomonidan tashqi migratsiyadan qaytgan yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazildi
2025-01-26 11:45:00 / Yangiliklar
Denov Tadbirkorlik va pedagogika instituti binosida, Shoʻrchi, Oltinsoy, Denov, Uzun hamda Sariosiyo tumanlarida istiqomat qilib kelayotgan xorijiy davlatlarga vaqtinchalik ishlash maqsadida ketib, tashqi migratsiyadan qaytgan aholi vakillari, xotin qizlar va yoshlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Tashkil qilingan uchrashuvda, viloyat prokurori adliya katta maslahatchisi Baxtiyor Babadjanov va viloyat IIB boshligʻi polkovnik Timur Ismailov, Denov tumani hokimi Ilxom Ibodov hamda masʼul idora va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
Viloyat IIB boshligʻi polkovnik T.Ismailov tashqi migratsiyadan qaytgan aholi vakillari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuv davomida, ularni qiynab kelayotgan muammolar va ushbu muammolarni bartaraf etish masalasida fikr mulohazalar bildirdi.
Uchrashuv davomida, viloyat sektor rahbarlari tashqi migratsiyadan qaytgan fuqarolarni muqim ish bilan taʼminlash, ularning ijtimoiy muammolarini bartaraf etish yuzasidan masʼul idora va tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar berildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati