Navoiy viloyati IIBda oʻtkazilgan tadbirda bir guruh faxriylarga aʼzolik koʻkrak nishonlari tantanali topshirildi
2025-01-26 11:10:00 / Yangiliklar
![Navoiy viloyati IIBda oʻtkazilgan tadbirda bir guruh faxriylarga aʼzolik koʻkrak nishonlari tantanali topshirildi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F06fe0deb-7b89-cf66-093b-3adcca9ab461_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Har qanday soha vakili maʼnaviyati bilan komillikka erishadi. Shu nuqtai nazardan Ichki ishlar organi xodimlarining maʼnaviy dunyoqarashini yuksaltirish maqsadida muntazam tashkil etilayotgan maʼnaviyat-maʼrifat darsining navbatdagisi “Soʻz, fikr va axborot erkinligi” mavzusiga bagʻishlandi. Mavzu Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi Dilshod Mamarajabov maʼruzasi orqali yoritib berildi. Shuningdek, xodimlarga yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar hamda Ichki ishlar vazirligining tegishli koʻrsatmalari yetkazildi. Soʻng xodimlarning oʻquv darslarini oʻzlashtirish darajasi muhokama etilib, kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Tadbir davomida Boshqarma faxriylar kengashi aʼzoligiga qabul qilingan 7 nafar ustozlarga aʼzolik koʻkrak nishonlari tantanali topshirilib, yoshlarga soha sirlarini oʻrgatishda, yoʻl-yoʻriq koʻrsatishda hamkorlikni kuchaytirish takliflari berildi. Fidokorona xizmati bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan yosh xodimlarning ota-onalariga Vazirlik rahbariyatining minnatdorchiligi bildirildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati