Asosiy kontentga o'tish

Navoiy viloyati IIBda Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati xodimlari ishtirokida 2024-yil yakuniga bagʻishlangan sarhisob yigʻilishi oʻtkazildi

2025-01-25 09:00:00 / Yangiliklar

Navoiy viloyati IIBda Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshligʻi, podpolkovnik Shokirjon Sadikov raisligida oʻrinbosarlar, sohaviy xizmatlar va shahar-tumanlarning maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga masʼul xodimlari ishtirokida 2024-yil yakuniga bagʻishlangan sarhisob yigʻilishi tashkil etildi.

Unda soʻzga chiqqan xizmat boshligʻining oʻrinbosarlari oʻtgan yilda xodimlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar va yoʻl qoʻyilgan xato-kamchiliklar yuzasidan maʼruza qilib, kelgusida bajarilishi lozim chora-tadbirlar rejasining oʻqib eshittirdi.

Bundan tashqari, yigʻilishda xodimlarning xizmat intizomiga rioya etishi, qonunchilik talablarini bajarishi hamda jismoniy va jangovar tayyorgarlik mashgʻulotlarining oʻtkazilishi borasidagi ishlar tanqidiy muhokama etildi.

Sarhisob yigʻilishi soʻngida masʼullarga bir qator topshiriqlar berilib, ijrosi yuzasidan belgilangan muddatlarda axborot berilishi taʼkidlandi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

290

Oxirgi yangilanish: 2025-01-25 17:09:41

Navoiy viloyati IIBda Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati xodimlari ishtirokida 2024-yil yakuniga bagʻishlangan sarhisob yigʻilishi oʻtkazildi