Samarqand viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari Umid Utayev huzurida 2024-yil davomida viloyat ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi
2025-01-24 14:20:00 / Yangiliklar
![Samarqand viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari Umid Utayev huzurida 2024-yil davomida viloyat ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2Feded0742-caef-3c0c-195c-305db8dba44f_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Muhokamada, oʻziga yuklatilgan vazifalarga loqaydlik bilan qaragan rahbar va xodimlarga nisbatan keskin choralar koʻrilishi toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtildi.
Xodimlarning jangovar va jismoniy tayyorgarligini oshirish, psixologik barqarorligini taʼminlash masalasi alohida muhokama qilindi.
Faoliyati davomida yutuqlarga erishgan xodimlar ragʻbatlantirildi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati