Asosiy kontentga o'tish

Qashqadaryoda xavfsiz muhit yaratish boʻyicha amaliy choralar

2025-01-24 11:00:00 / Yangiliklar

Respublika ishchi guruhi Qashqadaryo viloyatining barcha shahar-tumanlarida kriminogen vaziyatni yaxshilash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhit yaratish borasida yurtboshimiz qarorining mazmun-mohiyatini masʼullar va mahallalar yettiligiga tushuntirish, jinoyatlarni oldini olish yoʻnalishida oʻrganishlar olib bordi.

Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov boshchiligidagi ishchi guruh Qamashi tumanining “Berdoli” mahallasida tuman sektor rahbarlari, huquqni muhofaza qilish organlari mutasaddilari, shuningdek “Balandchayla”, “Alisher Navoiy”, “Gulshan”, “Loyqasoy” va “Ravot” mahallalari yettiligi va boshqa aloqador tashkilotlar vakillariga Prezident qarorining mazmun-mohiyati yetkazilib, kriminogen vaziyatni jilovlash, huquqbuzarliklarni oldini olish vazifalariga qaratildi.

Davlat rahbarining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash borasida respublika ishchi guruhi aʼzolari Qashqadaryo viloyatning barcha shahar-tumanlarida boʻlib, sektor rahbarlari, milliy gvardiya, mahallalar yettiligi va boshqa aloqador tashkilotlar vakillariga qaror talablarini yetkazmoqdalar.

Tadbirlar jarayonida asosiy eʼtibor masʼullar va mahallalar yettiligiga qaror asosida ishni tashkil etish, faoliyat davomida aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan taʼsirchan, manzilli targʻibot ishlarini bajarish, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tizimi samaradorligi va natijadorligini oshirish, bunda asosiy eʼtiborni ishsiz fuqarolar, xotin-qizlar, yoshlar shuningdek probatsiya hisobidagi shaxslar bilan muntazam ish olib borish kabi vazifalarga qaratilmoqda.

384

Oxirgi yangilanish: 2025-01-24 08:53:50

Qashqadaryoda xavfsiz muhit yaratish boʻyicha amaliy choralar