Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlari xodimalari oʻrtasida “Eng yaxshi kitobxon xodima” koʻrik-tanlovi tashkil etildi
2025-01-23 12:35:00 / Yangiliklar
![Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlari xodimalari oʻrtasida “Eng yaxshi kitobxon xodima” koʻrik-tanlovi tashkil etildi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F212757c2-7183-3d0f-bd87-cec3df6a1f1e_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari va uning quyi tizimlarida xizmat qilib kelayotgan xodimalarning intellektual va professional bilim darajasini, maʼnaviy-axloqiy saviyasini muntazam ravishda oshirib borish, ularning mavjud iqtidorlarini namoyon etishlari uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish maqsadida, viloyat IIBning tarkibiy hamda hududiy boʻlinmalarida xizmat olib borayotgan xotin-qizlar oʻrtasida “Eng yaxshi kitobxon xodima” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.
Ushbu oʻtkazilgan koʻrik-tanlov uchta shartdan iborat boʻlib, birinchi shart “Badiiy asarlar bilimdoni”, ikkinchi shart “Tezkor savol-javob” hamda uchinchi shart “Buyuk mutafakkir va adib”-deb, nomlandi.
Qizgʻin bahs va munozaralarga boy boʻlgan koʻrik-tanlov yakunida 3-oʻrinni Sadoqat Norquvvatova, 2-oʻrinni Dilshoda Qosimova va faxrli 1-oʻrinni Dilafruz Allanazarovalar qoʻlga kiritishdi.
Gʻoliblar viloyat Ichki ishlar boshqarmasining diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati