IIV Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshligʻi polkovnik Sherzod Ibragimov poytaxtda olib borilayotgan yoʻl qurilishi jarayoni bilan tanishdi
2025-01-20 16:25:00 / Yangiliklar
Yoʻl infratuzilmasini yaxshilash, tirbandliklarni oldini olish, harakat ishtirokchilari uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish maqsadida mamlakatimizda qator loyiha va tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu doirada, Toshkent shahrining Yashnobod tumanida KHAY koʻchasini Maxtumquli koʻchasiga ulaydigan qoʻshimcha yoʻl tarmogʻida zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
IIV JXD YHXX boshligʻi, polkovnik Sherzod Ibragimov obyektda olib borilgan ishlar bilan shaxsan tanishdi. Taʼmirlash jarayoni va yoʻl sifatiga alohida eʼtibor qaratib, haydovchilarga maksimal darajada qulay sharoitlar yaratish muhimligini taʼkidladi.
Yangi yoʻl tarmogʻining foydalanishga topshirilishi nafaqat haydovchilar, balki yoʻlovchilar uchun ham qulaylik yaratib, shahar yoʻl infratuzilmasini yanada rivojlantirish yoʻlidagi yana bir qadam boʻladi.
IIV Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati Axborot xizmati