Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev huzurida Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan amalga oshirilgan ishlar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi
2025-01-19 09:00:00 / Yangiliklar
Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev huzurida Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar hamda 2025-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Mazkur yigʻilishda Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general mayor Bekmurod Abdullayev rahbarlik qilib, IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati rahbariyati hamda barcha hududiy masʼul xodimlar ishtirok etdi.
Yigʻilishda yil davomida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasida amalga oshirilgan ishlar, yoʻllarda inson oʻlimini kamaytirish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar keng muhokama qilindi. Har bir hududda yoʻl harakati bilan bogʻliq muammolarni hal etishda qoʻllanilgan usullar va ularning samaradorligi tahlil qilindi.
Shuningdek, Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshligʻi, polkovnik Sherzod Ibragimov yigʻilishda oʻz maʼruzasi bilan ishtirok etib, harakat xavfsizligini taʼminlash yoʻnalishida amalga oshirilgan muhim ishlar haqida maʼlumot berdi.
Jumladan, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, xavfsiz yoʻl sharoitlarini yaratish, yoʻl-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan yangi chora-tadbirlar va ularning natijalarini bayon qildi.
Yigʻilish yakunida Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari piyodalar va bolalar ishtirokidagi yoʻl-transport hodisalarining oldini olish maqsadida targʻibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish muhimligini taʼkidladi.
Shuningdek, Ekspluatatsiya-montaj boʻlinmalari tomonidan olib borilayotgan ishlar sifatini yanada oshirish boʻyicha aniq koʻrsatmalar berdi.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Axborot xizmati