Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Qatar Davlatida boʻlishmoqda
2025-01-17 11:40:00 / Yangiliklar
2025-yil 14-16-yanvar kunlari Qatar Davlati Ichki ishlar vazirligi Iqtisodiy va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi Ali Hassan al-Kubayisining Ichki ishlar vaziri P.Bobojonovga bergan taklifiga asosan Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazining rahbar xodimlari Doxa shahrida amaliy tashrif bilan boʻlib turmoqda.
Tashrifdan koʻzlangan asosiy maqsad — hamkorlikda kiberjinoyatlarga qarshi kurashish, maʼlumot va tajriba almashinuvini yoʻlga qoʻyish, malakali mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun ikki tomonlama oʻquv kurslari tashkillashtirish imkoniyatlarini koʻrib chiqish, bu borada ikki tomonlama hujjat loyihasini tayyorlash hamda imzolash.
Tashrif davomida departament boshligʻi Ali Qubayisi delegatsiya aʼzolarini kutib olib, Qatar Davlati hamkorlikda kiberjinoyatlarga qarshi kurashishda oʻzaro hamkorlik oʻrnatishga tayyorligi, kelgusida aloqalarni mustahkamlash lozimligini taʼkidlagan.
Uchrashuvlar davomida Qatar Davlati IIV Iqtisodiy va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tarkibiy tuzilmalari faoliyati, ish vazifalari, funksiyalari, foydalanuvida boʻlgan dasturiy taʼminot va maʼlumotlar bazalar, ish uslublari haqida maʼlumotlar olindi.
Delegatsiya vakillari hamkorlikni uzviy davom ettirish maqsadida keyingi uchrashuvlarda Oʻzbekistonda oʻtkazishda Iqtisodiy va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti masʼullarini mamlakatimizga taklif qilishdi.
Tashrifda sodir etilayotgan yangi turdagi kiberjinoyatlar haqida oʻzaro fikr almashildi.
IIV Tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi