Asosiy kontentga o'tish

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33-yilligi va 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi

2025-01-16 14:00:00 / Yangiliklar

Termiz shahridagi Yoshlar ishlari agentligi binosida 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” hamda Oʻzbekiston Respublikasi qurolli kuchlari tashkil topganligining 33-yilligi munosabati bilan viloyat Ichki ishlar boshqarmasining bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda tizim faxriylari, sohaviy xizmatlar masʼullari, boshqaruv apparati xodimlari shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

Tantanali tadbirda soʻz olgan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirining tizim xodimlariga yoʻllagan bayram tabrigini oʻqib eshittirdi.

Shuningdek viloyat IIB boshligʻi Timur Ismailov ham jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni saqlash qonun ustuvorligini taʼminlashdek masʼuliyatli vazifani ado etayotgan Ichki ishlar organlari xodimlarini, faxriylarini, xizmat vaqtida halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolarini sana munosabati bilan muborakbod etib, samimiy ezgu tilaklarini yoʻlladi.

Tantanali tadbir bahonasida xizmat burchini ado etishda safdoshlariga oʻrnak va namuna boʻlib kelayotgan bir guruh ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirining tegishli buyrugʻi bilan faxriy yorligʻi, koʻkrak nishonlari, qimmatbaho esdalik sovgʻalari, pul mukofotlari hamda kitoblar toʻplami bilan munosib ragʻbatlantirildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

173

Oxirgi yangilanish: 2025-01-16 14:58:49

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33-yilligi va 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi