Samarqand viloyat IIB boshligʻi polkovnik Rahmat Mamatov huzurida hududlarda sodir etilgan oldi olinishi mumkin boʻlgan jinoyatlar muhokamasi boʻlib oʻtdi
2025-01-16 09:00:00 / Yangiliklar
Muhokamada jinoyatlarning sodir etilishini oldini olishga masʼul boʻlgan rahbar va xodimlar, mahalla yettiligi va boshqa jamoatchilik vakillari tomonidan olib borilayotgan profilaktik ishlar tahlil qilindi.
Xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan masʼul xodimlarga nisbatan tegishli choralar koʻrilishi yuzasidan topshiriqlar berildi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati