Asosiy kontentga o'tish

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari raisligida Chimboy tumani IIB tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar hamda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar yuzasidan hisobot-yigʻilishi oʻtkazildi

2025-01-15 10:30:00 / Yangiliklar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari polkovnik Muzaffar Raxmatullayev raisligi tanqidiy ruhda oʻtkazilgan hisobot-yigʻilishida 2024-yilda erishilgan ijobiy natijalar bilan bir qatorda, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar, ularni kelib chiqishiga sabab boʻlgan omillar, shuningdek, xodimlarning tartib va ijro intizomiga rioya qilishlari muhokama qilindi hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan maqsadli chora-tadbirlar belgilab olindi. Shuningdek, mahallalarda sodir etilgan jinoyatlar va oldi olinishi mumkin boʻlgan jinoyatlar tahlil qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Yigʻilish yakunida, oʻz xizmat burchini masʼuliyat bilan sidqidildan, halol bajargan, ijobiy natijalarga erishgan, hamkasblariga oʻrnak boʻlgan bir guruh xodimlar Vazirlikning faxriy yorliqlari va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati

719

Oxirgi yangilanish: 2025-01-16 08:38:34