Surxondaryoda tergovchi va surishtiruvchilar ishtirokida Axborot tizimi orqali sodir etilayotgan jinoyatlarni tergov qilishdagi muammo va yechimlar mavzusiga bagʻishlangan ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi
2025-01-12 10:15:00 / Yangiliklar
Bugungi kunda axborot texnologiyalari yordamida sodir etilayotgan firibgarlik va oʻgʻrilik jinoyatlari tobora koʻpayib bormoqda. Ushbu turdagi jinoyatlar boʻyicha tergovga qadar tekshiruv va tergov harakatlari olib borish jarayonida amaldagi tezkor qidiruv hamda tergov qilish usullari jinoyatlarni issiq izidan fosh etish va aybdorlarga nisbatan jazo muqarrarligini taʼminlash uchun yetarli emasligini koʻrsatmoqda.
Shu munosabat bilan joriy yilning 11-yanvar kuni Surxondaryo viloyati IIB, viloyat prokuraturasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning sohaga oid tergovga qadar tekshiruv, tergov harakatlari olib borishga vakolatli xodimlari ishtirokida “Axborot tizimidan foydalanib sodir etilayotgan firibgarlik va oʻgʻrilik jinoyatlarini oldini olish, mazkur turdagi jinoyatlarni tergov qilishda isbotlanishi lozim boʻlgan holatlar: muammo va yechimlar“ mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi.
Oʻtkazilgan ilmiy-amaliy konferensiya davomida axborot texnologiyalari yordamida sodir etilayotgan firibgarlik va oʻgʻrilik jinoyatlarni oldini olish, ushbu turdagi jinoyatlar boʻyicha tergovga qadar tekshiruv va tergov harakatlarini olib borishda yagona yondashuvni qoʻllash boʻyicha aniq takliflar berilib, tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Konferensiyada maʼruzachilar tomonidan berilgan maʼlumotlarni ishtirokchilar diqqat bilan tinglashib, mazkur sohaga oid oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar olishdi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati