Buxoro viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosari profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish yuzasidan muhokama yigʻilishi oʻtkazdi
2025-01-10 08:00:00 / Yangiliklar
![Buxoro viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosari profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish yuzasidan muhokama yigʻilishi oʻtkazdi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2Ff73e90a9-f8b9-6e8b-6806-b7f2e2085cf3_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari polkovnik Bahodirxoʻja Sharipov huzurida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi tezkor hamda profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish yuzasidan muhokama yigʻilishi oʻtkazildi.
Muhokamada boshqarma boshligʻining oʻrinbosarlari, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari hamda videokonferensaloqa shaklida hududiy ichki ishlar organlari rahbariyati ishtirok etdi.
Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 4-yanvardagi 2-sonli Farmoyishiga asosan haftaning chorshanba kuni butun Respublikamizda “Kibergigiyena kuni“ (Cyber day) etib belgilanganligi munosabati bilan amalga oshiriladigan keng qamrovli tezkor hamda profilaktik chora-tadbirlar xususida batafsil tushuntirish berilib, axborot texnologiyalari sohasida jinoyatlarni aniqlash, fosh etish va oldini olish borasidagi ishlar surʼatini oshirish borasida topshiriqlar berildi.
Shuningdek, aholining huquqiy savodxonligini oshirish hamda “kibergigiyenani“ shakllantirish maqsadida mahallalarda, taʼlim muassasalarida, korxona va tashkilotlarda fuqarolarni ogohlikka chorlovchi targʻibot tadbirlarini oʻtkazish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.
Shu bilan birga ushbu yoʻnalishda sodir etilayotgan jinoyatlarni tahlil qilgan holda ularga qarshi kurashishda zamonaviy usullardan foydalanish borasida ham tushunchalar berildi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati