Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov tomonidan IIV Qorovul qoʻshinlari 7534-sonli harbiy qism harbiy xizmatchilariga bir qator vazifalar belgilandi
2024-12-30 11:40:00 / Yangiliklar
Tashrif harbiy qism saf maydonida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini ijro etilishi bilan boshlanib, vazir oʻrinbosari harbiy xizmatchilar bilan uchrashish vaqtida dunyoda va qoʻshni davlatlarda yuzaga kelayotgan harbiy siyosiy vaziyatlardan toʻgʻri xulosa chiqargan holda sodir etilishi mumkin boʻlgan har qanday holatlarga ruhan va jismonan tayyor boʻlishlari, vatanparvar, sergak va ogoh boʻlib harbiy xizmatni olib borish zarurligini taʼkidlab oʻtdilar.
Harbiy qismda mavjud boʻlgan maʼmuriy hamda maishiy binolari, askarlarni xizmat qilishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularni yotoqxona, oshxona va boshqa maishiy xizmat koʻrsatish xonalari koʻzdan kechirib, intizombuzarlik holatlariga yoʻl qoʻymasliklari va askarlarni bir-birlari bilan xushmuomala boʻlishlarini aytib oʻtdilar.
Shuningdek Vazir oʻrinbosari harbiy qism mansabdor shaxslariga harbiy xizmatchilarni xizmat oʻtashi uchun yanada qulay sharoit yaratish, boʻlinmalarning jangovar tayyorgarligi va shayligini oshirish, harbiy intizomni mustahkamlash yuzasidan vazifalar belgilab berdilar.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi