Asosiy kontentga o'tish

Namangan viloyati IIB va Milliy Gvardiya boshqarmasi rahbariyati tomonidan navbatdagi hududlarda oʻrganish ishlari olib borildi

2024-12-29 08:30:00 / Yangiliklar

Namangan viloyati IIB boshligʻi polkovnik Shuxrat Aliyev va polkovnik Xamidulla Mamatovlar Mingbuloq, Pop hamda Chust tumanlarida boʻlib, Yangi yil tadbirlari oʻtkaziladigan joylarda koʻrilgan xavfsizlik chora-tadbirlari, shu bilan birga Pop tumaning “Ultarma” va “Uygʻur” mahallalari xodimlarning faoliyati oʻrganildi.

Oʻrganishlar davomida Yangi yil archasi oʻrnatilgan joyda xizmatga jalb etilgan xodimlarning jamoat va yongʻin xavfsizligi yuzasidan shayligi tekshirilib, ularga xizmatni hushyor va qonuniylikka qatʼiy amal qilgan olib borishlari yuzasidan topshiriqlar berildi.

Shuningdek, mahalla va hududga biriktirilgan masʼul xodimlarga jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida aholi orasiga kirib borish orqali ularning muammolarini oʻrganib, samarali yechim topish, ishsiz qatlamni bandligini taʼminlash, profilaktik hamda targʻibot tadbirlarini jadallashtirish yuzasidan tegishli vazifalar yuklatildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

690

Oxirgi yangilanish: 2024-12-29 08:37:31

Namangan viloyati IIB va Milliy Gvardiya boshqarmasi rahbariyati tomonidan navbatdagi hududlarda oʻrganish ishlari olib borildi