IIV JXD YHXX rahbarining navbatdagi manzili Buxoro viloyati boʻldi
2024-12-26 11:15:00 / Yangiliklar
Yangi yil bayramiga tayyorgarlik darajasini oʻrganish, fuqarolar uchun xavfsiz va qulay sharoitlar yaratish orqali ularda bayram kayfiyatini yanada yaxshilash maqsadida IIV JXD YHXX boshligʻi Sherzod Ibragimov boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryodagi oʻrganish ishlarini yakunlab, Buxoro viloyatiga yetib keldi.
Ishchi guruh avvaliga yigʻilish oʻtkazib, unda amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlarni belgilab olishdi. Shuningdek, har bir vazifaning bajarilish muddati masʼul xodimlarga belgilab berildi.
Shundan soʻng, “Yangi yil archasi“ oʻrnatilgan hududlar va bayram tadbirlari oʻtkaziladigan joylardagi xavfsizlik darajasi oʻrganilib, turli noxush holatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish rejasi ishlab chiqildi.