Buxoro viloyati IIB boshligʻi podpolkovnik Ikromjon Tursunov viloyatning shahar va tumanlari markazida oʻrnatilgan “Prezident archa”lari atrofida xavfsizlikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni joyiga chiqib oʻrgandi
2024-12-26 10:45:00 / Yangiliklar
Jumladan, Shofirkon, Gʻijduvon va Vobkent tumanlarida oʻtkazilgan oʻrganishlarda “Prezident archasi” ning tegishli meʼyoriy talablar asosida oʻrnatilganligi, xavfsizlikning taʼminlanganligi, qoʻriqlash hamda jamoat tartibini saqlashga oid masalalarni koʻzdan kechirib, xizmatga jalb etilgan xodimlarga qoʻshimcha yoʻriqnoma berdi.
Oʻrganish jarayonida aniqlangan ayrim kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan masʼullarga koʻrsatmalar berdi.
Bu kabi oʻrganish ishlari viloyatning qolgan barcha hududlarida ham amalga oshirilib, yangi yil hamda Prezident archasi tadbirlarining xavfsiz oʻtkazilishi taʼminlanadi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati