Vazir oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov tomonidan Metropolitenda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlari bilan oʻtgan 11 oy yakunlari sarhisob qilindi
2024-12-24 17:40:00 / Yangiliklar
Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov huzurida Metropolitenda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlari bilan oʻtgan 11 oy yakunlari boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va yoʻl qoʻyilgan xato-kamchiliklar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.
Tashrif Metropolitenda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlarining saf maydonida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini ijro etilishi bilan boshlanib, Vazir oʻrinbosariga soha xizmatlarida amalga oshirilgan ijobiy ishlar, shu bilan birga yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va joriy yilda amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar toʻgʻrisida batafsil axborot berildi.
Soʻng, xodimlarning xizmat qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganligi, yotoqxonalar, oshxonalar va boshqa maishiy xizmat koʻrsatish xonalari mavjudligi hamda oʻquv sinflarining jihozlanganligi, intizom buzarlik holatlariga yoʻl qoʻymasliklari, bir-birlari bilan va fuqarolar bilan munosabatda xushmuomala boʻlishlari talab qilinishini alohida yetkazib oʻtdi.
Tadbir davomida metropoliten obyektlarida tartibotini tashkil etish boʻlimi xodimlari tomonidan tunu kun situatsion tahlili markazining metro bekatlariga oʻrnatilgan video kuzatuv kameralari orqali kelib tushayotgan xabarlarni aniqlash tezkorlik bilan ularni bartaraf etish platformadagi shubhali fuqarolarning xatti-harakatlari kuzatilib, ular profayling qilib borilishini koʻzdan kechirdilar.
Vazir oʻrinbosari tomonidan transport obyektlarida baxtsiz hodisalarning barvaqt oldini olish, xususan metro ishchilari va yoʻlovchi fuqarolar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish va ularning profilaktikasi, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar hushyorligi va ogohligini oshirish, xizmat faoliyati ustidan kunlik nazoratni kuchaytirish, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha masʼul xodimlarga koʻrsatmalar berildi.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi