Navoiyda viloyat IIB boshligʻi Azat Tasbayev va Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi boshligʻi Baxodir Toirovlar Karmana tumanidagi ijtimoiy obyektlarning qish mavsumiga tayyorgarlik holatini oʻrganishdi
2024-12-24 10:10:00 / Yangiliklar

Mavsumni betalafot oʻtkazish, aholiga elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz, koʻmir yetkazib berish hamda bunga masʼul idora-tashkilotlar va ijtimoiy obyektlarning qish mavsumiga tayyorgarligini koʻzdan kechirish maqsadida Navoiy viloyat IIB boshligʻi,polkovnik Azat Tasbayev rahbarligida oʻrganishlar olib borilmoqda.
Jarayonda ishchi guruh tomonidan umumtaʼlim maktablari, maktabgacha taʼlim muassasalari, sogʻliqni saqlash sohasi obyektlari, koʻp qavatli turar joy binolari va ularga xizmat koʻrsatuvchi shirkatlar faoliyati koʻzdan kechirildi. Dastlab, Karmana tumanidagi koʻmir zaxirasi, soʻngra tuman hududida joylashgan 27-sonli umumtaʼlim maktabi va 16-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining mavsumga tayyorgarligi, qozonxonalari faoliyati hamda binolarning isitish tizimi koʻzdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish, aholini issiqlik manbai bilan uzluksiz taʼminlash yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berildi.
Shundan soʻng, mutasaddilar tomonidan tungi xizmatga jalb qilingan xodimlar faoliyati oʻrganilib, jinoyat va huquqbuzarlikning barvaqt oldini olish, fuqarolarning osoyishtaligi va xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Oʻrganishlar davom etmoqda.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati