Surxondaryo vohasida qish mavsumida aholini energiya resurslari bilan taʼminlash hamda mahallalarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish ishlari oʻrganildi
2024-12-23 12:05:00 / Yangiliklar
Davlatimiz rahbarining topshiriqlariga binoan, fuqarolarning osoyishtaligini taʼminlash, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, aholini qish mavsumida energiya resurslari (elektr, tabiiy va suyultirilgan gaz, koʻmir, issiq suv) bilan toʻliq taʼminlash hamda bu borada tegishli idora va tashkilotlar vakillarining masʼuliyatini oshirishga qaratilgan qator tadbirlar Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida ham amalga oshirilib kelinmoqda.
Joriy yilning 21 dekabr kuni Surxondaryo viloyati IIB boshligʻi Timur Ismailov boshchiligida soha masʼullari hamda hamkor tashkilotlarning mutasaddilari ishtirokida ijtimoiy soha obyektlari, shifoxonalar, koʻp qavatli uylardagi issiqlik bilan taʼminlovchi korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishildi. U yerdagi mavjud imkoniyat va sharoitlar oʻrganilib aniqlangan kamchilliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Oʻrganish davomida Termiz shahar Tibbiyot birlashmasidagi qozonxonaning issiqlik manbaini ishlab chiqaruvchi quvvati hamda Tibbiyot birlashmasi kasalxonaning issiqligi, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishilib, Tibbiyot birlashmasi masʼullari hamda ishchi xizmatchilari bilan suhbatlar oʻtkazildi.
Shundan soʻng, oʻrganish manzili Termiz shahar Maʼrifat mahallasi hududida joylashgan Termiz shahar gaz taʼminoti boʻlimi u yerdagi aholiga gaz yetkazib berish sharoitlari, navbatchilik qismi faoliyatlari bilan tanishilib, muammo va kamchilliklari oʻrganildi.
Keyingi oʻrganish manzili Termiz shahar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning ETK-6-110kv MNEMOS sxemasi, elektr energiyasida nosozlik va avariya holatlari sodir boʻlganda aholiga tezkorlik bilan xizmat koʻrsatuvchi “Tezkor chiqish avtomobil” guruhlari hamda tezkor navbatchilik faoliyatining muammo va kamchilliklari oʻrganildi.
Bundan tashqari, “Manguzar” YPX maskanida tungi xizmatga jalb qilingan sohaviy xizmat xodimlari tomonidan olib borilayotgan tungi xizmat faoliyatini oʻrganib, xodimlarga yoʻriqnoma oʻtkazilib, aniqlangan kamchilliklarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati