Asosiy kontentga o'tish

Uchinchi mintaqaviy hududda joylashgan manzil koloniyalari va tergov hibsxonalarining tibbiyot yoʻnalishi boʻyicha xizmat qilayotgan xodimlari oʻquv mashgʻulotlariga jalb etildi

2024-12-22 19:50:00 / Yangiliklar

Uchinchi mintaqaviy hududda joylashgan (Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari) manzil koloniyalari va tergov hibsxonalarining tibbiyot yoʻnalishi boʻyicha xizmat qilayotgan xodimlari (har bir muassasadan 1 nafar shifokor va 1 nafar oʻrta tibbiy xodim) 38-son MKda va Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand viloyati filiali oʻquv mashgʻulotlariga jalb etildi.

Oʻquv mashgʻuloti tasdiqlangan oʻquv rejasiga muvofiq, interfaol usulda, master klass koʻrsatish orqali oʻtkazildi.

Oʻquv mashgʻuloti ikki qismda tashkillashtirildi:

- Tibbiyot yoʻnalishi boʻyicha amaldagi meʼyoriy hujjatlarni ishlatish jarayoni boʻyicha tushuntirish ishlari olib borish;

- Hududiy sogʻliqni saqlash muassasalari bilan yuzaga kelayotgan muammolarni hududiy sogʻliqni saqlash tizimi mutaxassislarini jalb etgan holda ijobiy yechim topish.

50

Oxirgi yangilanish: 2024-12-23 22:09:05