Namangan viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari tomonidan Davlatobod tumanida oʻrganish ishlari olib borildi
2024-12-21 11:30:00 / Yangiliklar
Bugun Namangan viloyati IIB boshligʻi polkovnik Shuxrat Aliyev, viloyat prokurori adliya katta maslahatchisi Umirbek Madraximov va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Bunyod Egamnazarov va boshqa hamkor idoralarning masʼul xodimlari tomonidan viloyat hududida jinoyatchilikni jilovlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jamoat va yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida tungi xizmatga jalb etilgan xodimlarga yoʻriqnoma oʻtkazilib, hudud osoyishtaligi va fuqarolarimizning tinchligini taʼminlashda hushyor hamda qonuniylikka qatʼiy amal qilgan holda xizmat olib borishlari yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Shundan soʻng, tuman hududidagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi va “Afsonalar vodiysi” tematik parkining ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan joylari koʻzdan kechirilib, “Yangi yil archasi” atrofida koʻrilgan yongʻin xavfsizlik chora-tadbirlari tekshirildi hamda masʼul xodimlar zimmasiga tegishli vazifalar yuklatildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati