Qoʻqon tomonlarda. Yangi Oʻzbekistonning baxtli yoshlari
2024-12-21 07:40:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yillik bayrami qo‘qonlik 3516 nafar yigit-qiz uchun unutilmas xotiralar bilan esda qoladigan bo‘ldi.
Bayram kunlari 16 yoshga to‘lib, birinchi marotaba fuqarolik pasportini olayotgan yoshlarga ID-kartalari rasmiylashtirib berildi va joylarda tantanali tarzda topshirildi.
Yoshlar bilan uchrashuvda Qo‘qon shahar IIB boshlig‘i, polkovnik Akmal Parpiyev Yangi O‘zbekistonda unib-o‘sayotgan yosh avlod vakillari uchun yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar haqida gapirib, yigit-qizlarni puxta bilim olishga, ko‘proq kitob o‘qishga, kasb-hunarlar o‘rganishga chorladi.
Shundan so‘ng ularga ID-kartalar va bayram sovg‘alari topshirildi.
- Fuqarolik pasportini qabul qilib olish juda hayajonli bo‘larkan. Kelajakda yaxshi o‘qib, yutuqlarga erishib, jonajon Vatanim ravnaqiga munosib hissa qo‘shaman, - deydi tadbir qatnashchisi Muhammadrizo Saidov.