Buxoro viloyati sektor rahbarlari tomonidan Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi binosida kapital taʼmirlanayotgan tezkor boshqaruv markazida oʻrganish ishlari olib borildi
2024-12-21 00:25:00 / Yangiliklar
Viloyat IIB boshligʻi podpolkovnik Ikromjon Tursunov tezkor boshqaruv markazining ahamiyati va bu yerda davom etayotgan qurilish ishlarining borishi haqida maʼlumot berdi.
Maʼlum boʻlishicha, ichki ishlar vazirligining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshirilayotgan taʼmirlash ishlariga qariyb 3 mlrd soʻm mablagʻ sarflanishi koʻzda tutilgan. Qurilish ishlari “Shomurodjon” MCHJ tomonidan bajarilmoqda.
Shuningdek, “Oʻzbektelekom” AJning viloyat filiali tomonidan ham bu yerda zarur ishlar olib borilmoqda.
Botir Zaripov qurilishda sifatga alohida eʼtibor qaratish zarurligini taʼkidladi.
Taʼminotdagi muammolar bilan qiziqdi. Shunga koʻra, mutasaddilarga topshiriq va koʻrsatmalar berildi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati