Samarqand viloyati IIB boshligʻi Rahmat Mamatov va viloyat prokurori Murodqosim Eshnazarovlar tomonidan viloyatdagi ijtimoiy obyektlarning qish mavsumiga tayyorgarlik holati oʻrganildi
2024-12-20 13:05:00 / Yangiliklar
Qish mavsumida aholiga elektr, tabiiy va suyultirilgan gaz, koʻmir yetkazib berish hamda bunga masʼul idora va tashkilotlar vakillarining masʼuliyatini oshirishga qaratilgan tadbirlar jadal amalga oshirilmoqda.
Mazkur ishlar ahvoli va viloyatdagi ijtimoiy obyektlarning qish mavsumiga tayyorgarligini koʻzdan kechirish maqsadida, viloyat IIB boshligʻi Rahmat Mamatov va viloyat prokurori Murodqosim Eshnazarovlar Samarqand shahrida joylashgan bir qancha idora va tashkilotlarda oʻrganishlar olib bordi.
Dastlab, Samarqand shahrida joylashgan 9-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi hamda maktab binosining isitish tizimi koʻzdan kechirildi.
Shundan soʻng, Samarqand viloyati issiqlik manbai DUKga qarashli boʻlgan “Bulvar“ qozonxonasi faoliyati oʻrganilib, aholini issiqlik manbai bilan uzluksiz taʼminlash boʻyicha masʼullarga topshiriqlar berildi.
Oʻrganishlar 4-sonli oilaviy poliklinikada davom ettirilib, aniqlangan kamchilliklarni tez va sifatli bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Oʻrganishlar viloyat boʻylab davom etmoqda.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati