Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan ayol xodimalar oʻrtasida zakovat intellektual oʻyini oʻtkazildi
2024-12-19 13:05:00 / Yangiliklar
Bugungi kunda ichki ishlar organlari xodimlarining zimmasiga yuklatilgan jinoyatlarning oldini olish, ularni issiq izidan ochish, jamoat xavfsizligini taʼminlashdek sharafli, ayni vaqtda mashaqqatli kasbda ayollar ham erkaklar bilan yelkama-yelka turib mehnat qilmoqdalar.
Tashkil etilgan intellektual oʻyinda turli xizmat sohalaridan tashkil topgan 8 ta jamoa oʻzaro bahs olib bordi.
Murosasiz bellashuvlar yakuniy natijasiga koʻra “Matonat” jamoasi 3-oʻrinni, “Toʻmaris” jamoasi 2-oʻrinni hamda “Femida” jamoasi faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Gʻolib va sovrindorlarga diplom va qimmatbaho sovgʻalar boshqarma boshligʻining oʻrinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
Tashkil etilayotgan bu kabi tadbirlar ayol xodimlarning ishga boʻlgan ishtiyoqini yanada oshirishga, ular oʻrtasida ahillik va birdamlikni kuchaytirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati