“Yoshlar haftaligi” doirasida Andijon viloyati ichki ishlar organlarining yosh xodimlari oʻrtasida stol tennisi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi
2024-12-19 11:10:00 / Yangiliklar
Ichki ishlar vazirining 2024-yil 13-dekabr kungi tegishli farmoyishiga asosan 18-25 dekabr kunlari “Yoshlar haftaligi -2024” tadbiri oʻtkazilishi belgilangan. Haftalik doirasida yosh xodimlar oʻrtasida turli sport musobaqalari hamda koʻrik-tanlovlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Shunga asosan yosh xodimlarning sportga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish, ular oʻrtasida sogʻlom turmush-tarzini keng targʻib qilish maqsadida Andijon viloyati ichki ishlar organlarining yosh xodimlari oʻrtasida sportning “Stol tennisi” turi boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi.
Qizgʻin va murosasiz kurashlar ostida oʻtgan musobaqaning yakuniy natijasiga koʻra, Andijon shahri boʻyicha IIOFMB xodimi safdor Ulugʻbek Halilov 3-oʻrinni, Andijon viloyati IIB JXX Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimi safdor Rustam Otaxonov 2-oʻrinni hamda Andijon shahar boʻyicha IIOFMB xodimi kichik serjant Izzatillo Teshaboyev esa faxrli 1-oʻrinni egalladi.
Gʻolib va sovrindor boʻlgan yosh xodimlar viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.
Yosh xodimlarning sportga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish,ular oʻrtasida sogʻlom turmush-tarzini keng targʻib qilish borasidagi tadbirlar davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati